Jumladan, Qonun bilan Jinoyat kodeksining 177-moddasida hamda Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 170-moddasida qimmatbaho metallar va toshlarni qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish uchun aniq javobgarlik choralari belgilandi.

Tushunchalarga aniqlik kiritildi, xususan, qonunchilikka «qimmatbaho metallar» va «qimmatbaho toshlar» kabi yangi tushunchalar kiritilib, mavjud atamalar yangi tahrirdagi «Valyutani tartibga solish to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiqlashtirilmoqda.

Majburiy sotuv uchun javobgarlik bekor qilinmoqda, yaʼni Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 171-moddasida valyuta tushumining bir qismini majburiy sotishdan bo‘yin tovlaganlik uchun belgilangan maʼmuriy javobgarlik chiqarib tashlandi.

By admin

Fikr bildirish